





21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbek va xorijiy tillar, pedagogika kafedra mudiri professor M.N.Israilova boshchiligida kafedra o‘qituvchilari tomonidan 3- son akademik litsey o‘quvchilari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda o‘quvchilarning nutqiy madaniyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida oquvchilar o‘zbek tilining beqiyos boyligi, tarixiy ildizlari va xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek ijro etgan she’rlari, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar orqali ona tilimizga bo‘lgan ehtiromini ifoda etdi.
Bu tadbir shubhasiz yoshlar qalbida o‘zbek tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni ardoqlashga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Ona tilimiz — millat faxri, birligimiz va ma’naviyatimiz timsoli.
Rasmiy sahifalarimiz!