“Til – qadri, el – qadri, inson – qadri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Til – qadri, el – qadri, inson – qadri”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
2026-yil 20-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-sonli talabalar turar joyi kutubxonasida Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamkorligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Til – qadri, el – qadri, inson – qadri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Yusufaliyev Shaxzod va Tojiyev Bobir, 2-sonli talabalar turar joyi tarbiyachisi S. Raxmatov, kutubxonachi Abduraximova Vasila hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni namoyon etuvchi bebaho qadriyat ekanligi, ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimiz tarixidagi muhim voqea ekani, ushbu tarixiy qaror milliy o‘zligimizni anglash, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda ona tiliga hurmat — Vatanga hurmat, tilni qadrlash esa milliy qadriyatlar va xalqimiz tarixiga ehtirom ko‘rsatish ekanligi qayd etildi. Talabalar o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, go‘zal va jozibadorligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda yoshlar nutq madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalarda ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga daxldorlik hissi va ma’naviy mas’uliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir Ijtimoiy fanlar kafedrasi va 2-sonli talabalar turar joyi hamkorligida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment