TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI JIZZAXDA SEMINAR O‘TKAZISHDI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik rejasi doirasida 2026-yil 14-oktabr kuni ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika” kafedrasi tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Usmanov Shuxrat O‘sarovich hamda kafedra assistenti Baxramov Maxmudjon Saydulloyevich ishtirok etdilar.

Tadbir texnikumning “Terapiyada hamshiralik ishi” kafedrasi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, unda “Nevrologiyada og‘riqli sindromlar” va “Insultda hamshiralik ishi” mavzulari yoritildi.
Seminar davomida nevrologik kasalliklarda uchraydigan og‘riqli sindromlar hamda insult bilan bog‘liq holatlarda hamshiralik parvarishining ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar mavzular bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Mazkur seminar tibbiyot ta’limi muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar tajribasini ommalashtirish hamda bo‘lajak tibbiyot va hamshiralik ishi mutaxassislarining kasbiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#Jizzax#Nevrologiya#HamshiralikIshi#IlmiyAmaliySeminar#Hamkorlik

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment