Toshkent davlat tibbiyot universiteti TTJ yashovchi qizlar bilan 1 Pediatriya fakulteti xotin qizlar ishlar boyicha rektor maslahatchisi D.A.UstaAzizova va universitet psixologi G.S.Djumanova

Toshkent davlat tibbiyot universiteti TTJ yashovchi qizlar bilan 1 Pediatriya fakulteti xotin qizlar ishlar boyicha rektor maslahatchisi D.A.UstaAzizova va universitet psixologi G.S.Djumanova ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va psixologik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida odob-axloq, o‘zini asrash, shaxsiy chegaralarni himoya qilish, turli salbiy ta’sirlarga berilmaslik va to‘g‘ri qaror qabul qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Psixolog tomonidan qizlarga o‘z his-tuyg‘ularini anglash va boshqarish, xafa bo‘lganda yoki qiyin vaziyatga tushganda o‘zini yolg‘iz his qilmaslik, ishonchli insonlardan yordam so‘rash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, zararli odatlar, salbiy guruhlar ta’siri va turli bosimlarga qarshi turish, o‘z qadr-qimmatini saqlash hamda kelajagi uchun to‘g‘ri tanlov qilish haqida tushuntirishlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment