Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun nishonlandi

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pedagogika va psixologiya kafedrasida “Ona-tilim iftixorim” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surdotarjimonlik yo‘nalishining 1-kurs talabalari, Pediatriya hamda Fundamental tibbiyot yo‘nalishlarining 2-kurs talabalari faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan ijro etilgan she’r va g‘azallar, milliy o‘zbek raqslari hamda ona tilimizning ulug‘vorligini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini yuksaltirish va milliy qadriyatlarimizni kelajak avlodga yetkazish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi! Tilimizning qadri va nufuzi hamisha yuksak bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment