
#Forum#StudyInUzbekistan#Taʼlim
Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi
“Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi forum Prezidentimizning 2025-yil 15-sentyabrdagi yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.
Forumda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari, xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etadi. Jami 1 500 dan ortiq ishtirokchi kutilmoqda.
Asosiy maqsad: Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish.
Dasturda: rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlis;
taʼlim vazirlarining davra suhbati;
parallel sessiyalar;
“Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi.
Muhokama mavzulari: akademik almashinuv, qoʻshma taʼlim dasturlari, diplomlarni oʻzaro tan olish, qoʻshma ilmiy loyihalar va grantlar, taʼlim sifati hamda oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro nufuzi.
forum.edu.uz28-oktabr, 2026-yilToshkent, “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyiНа русскомIn EnglishFacebook | Instagram | YouTube|Telegram