




ONA TILIM — MILLIY ĞURURIM, MA’NAVIY BOYLIGIM!
«DOKTOR REPORTER» XABAR BERADI
Adiblar xiyobonida ona tilimizga ehtirom, adabiyotimizga muhabbat va milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuygʻulari birlaşdi.
21-oktabr — özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Toşkent şahridagi Milliy boğ hududida joylaşgan Adiblar xiyobonida Toşkent davlat tibbiyot universiteti professor-öqituvçilari hamda faol talabalari iştirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazildi.
Bayram tadbirida ona tilimizning milliy özligimiz, tariximiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni asrab kelayotgan bebaho qadriyat ekani alohida ta’kidlandi. Özbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi hamda uning ravnaqiga munosib hissa qoşgan buyuk adiblarimizning ijodiy merosi yodga olindi.
Men uçun bu kunning ahamiyati özgaça böldi.
Berdaq nomidagi stipendiya sohibasi sifatida uşbu tadbirda iştirok etarkanman, ona tiliga muhabbat faqat bayram kunlaridagi ezgu sö‘zlarda emas, balki uni asrab-avaylaşimiz, töğri va ravon sözlaşimiz, ilmiy hamda ijodiy faoliyatimizda munosib ulüğlaşimizda namoyon bölişini yana bir bor his etdim.
Adiblar xiyobonida buyuk ijodkorlarimiz xotirasiga ehtirom körsatib, ularning merosi haqida fikr yuritiş qalbimda faxr tuygʻusini uyğotdi. Zero, biz — kelajak şifokorlari uçun ham ona tilini puxta biliş, bemor bilan samimiy muloqot qila oliş, uning dardini tuşuniş va köngliga yoʻl topiş kasbiy madaniyatimizning ajralmas qismidir.
Bayramona muhitda tengdoşlarim bilan bir safda böliş, tadbirda faol qatnaşiş va öz taassurotlarimni baham köriş men uçun unutilmas lahzalarga aylandi.
Ona tilimizga ehtirom — millatimiz kelajagiga ehtiromdir. Uni avaylaylik, boyitaylik va kelgusi avlodlarga munosib yetkazaylik!
#Doktor_reporter:
Sobirova Aziza Jaloliddin qizi
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolaş fakulteti 416-DI guruh talabasi, Berdaq nomidagi stipendiya sohibasi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin