ÖZBEK TILI — MILLAT ĞURURI, MILLIY ÖZLIK TIMSOLI!

Toşkent davlat tibbiyot universiteti “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan akademik litseylar bilan hamkorlik ishlari doirasida özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

Tadbir Toşkent davlat tibbiyot universiteti qoşidagi 2-sonli akademik litseyda ötkazilib, unda universitetning “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi vakillari Ş. R. Mirzayeva, YU. Dj. Djabborova, N. M. Gafurova, Z. B. Sagatova va N. X. Muratova iştirok etdilar. Tadbir 2-sonli akademik litsey “Umumta’lim fanlar” kafedrasi mudiri X. K. Raimbekova rahbarligida yuqori saviyada taşkillashtirildi.

Tadbirning asosiy maqsadi milliy tilimizga bölgan hurmat va e’tiborni yanada yuksaltirish, yoş avlod qalbida ona tiliga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini şekllantirish, şuningdek, özbek tilining boyligi, nafosati va jozibasini keng targ‘ib etişdan iborat böladi.
Tadbir davomida litsey öquvchilari va öqituvçilari faol iştirok etib, özbek tilining betakror jozibasini namoyon etuvchi raqslar, dilga orom bag‘işlovçi şe’rlar hamda vatanparvarlik va milliy ğurur ruhidagi kuy-qöşiqlarni taqdim etdilar. Badiiy chiqişlar iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ul aşib, ona tilimizga bölgan mehr va ehtiromni yanada mustahkamladi.
Çiqişlarda ona tilimizning xalqimiz hayotidagi beqiyos örni, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, ma’naviy merosimizni kelajak avlodlarga yetkaz iş hamda davlat tiliga bölgan yuksak ehtiromni mustahkaml aş ğoyalari tarannum etildi.
Ta’kidl aş joizki, özbek tiliga davlat tili maqomi berilgani xalqimizning milliy özligi, ğururi va mustaqillik sari intilişlarini namoyon etgan muhim tarixiy voqeadir. Bugungi kunda ona tilimizni asraş, uning nufuzini oşiriş va kelajak avlodlarga sof holda yetkaz iş har birimizning muhim vazifamizdir.
Mazmunli va kötarinki ruhda ötkazilgan tadbir iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi. Unda öquvchilarning iqtidori, ijodkorligi va milliy qadriyatlarimizga bölgan hurmati yana bir bor namoyon böladi.
Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz közgusi va kelajagimiz poydevoridir!Özbek tilimiz doimo barhayot böl sin, qadri va şuh rati yanada yuksalsin!#ToşkentDavlatTibbiyotUniversiteti#ÖzbekTili#DavlatTili#Ma’naviyat #AkademikLitsey

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment