


“Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot yölida” xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi böyiça II xalqaro kongress doirasida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Boş direktori Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga onkologik kasalliklarga çalingan bolalarga tibbiy yordam körsatiş tizimini rivojlantirişdagi yetakçiligi va har bir bolaning soğlom hayot keçiriş huquqini global miqyosda ilgari surgani uçun nufuzli xalqaro mukofotni topşirdi.
“Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalar manfaatlari yölida çinakam kuraşçisiz”, — dedi JSST Boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qiliş sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakçilik va yuksak yutuqlar uçun beriladi.
Avvalgi yillarda uşbu mukofotga davlatlar va xalqaro taşkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli olimlar va jamoat arboblari sazovor bölgan. Ular global emlaşni rivojlantiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşiş, tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va soğliqni saqlaş sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan hissasi uçun taqdirlangan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram