
Ustoz merosi — şogirdlar kamolida davom etadi!
2026-yil 22-oktabr kuni Toşkent davlat tibbiyot universitetida “Ortopedik stomatologiya va ortodontiyaning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi. Anjuman tibbiyot fanlari doktori, professor Murod Toşpulatoviç Safarovning 60 yillik yubileyi munosabati bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.
Tadbirda ortopedik stomatologiya va ortodontiya sohasining bugungi dolzarb masalalari, zamonaviy davolaş usullari, dental implantatsiya, raqamli texnologiyalar hamda ilmiy tadqiqotlarni klinik amaliyot bilan uyg‘unlaştiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Ilmiy izlanışlar va kasbiy mahorat
Professor Murod Safarov köp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ortopedik stomatologiya rivojiga munosib hissa qöşib kelmoqda. Olim bugungi kunga qadar 200 dan ortiq ilmiy maqola, 5 ta monografiya, 30 ta öquv-uslubiy qöllanma va ortopedik stomatologiyaga oid 5 ta darslik muallifi sifatida taniqli.
Uning ilmiy faoliyatida nafaqat tadqiqotlar, balki malakali mutaxassislar tayyorlaş va ustoz-şogirdlik an’analarini davom ettiriş ham muhim örin tutadi. Hozirda professor rahbarligida 6 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi böyiça ilmiy işlar olib borilmoqda, şuningdek, 18 nafar klinik ordinatorning kasbiy tayyorgarligiga kömaklaşilmoqda.
Sohada yangi ilmiy istiqbollar
Anjumanda Toşkent davlat tibbiyot universitetining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori, professor Feruza Azizova ham iştirok etib, ortopedik stomatologiya yönalişidagi istiqbolli ilmiy loyihalar haqida sö‘z yuritdi.
Muhokamalarda diagnostika va protezlaş usullarini takomillaştiriş, dental implantatsiya imkoniyatlarini rivojlantiriş, raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etiş hamda yoş tadqiqotçilar salohiyatini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ustozga ehtirom — ilm-fanga ehtirom
Professor Murod Safarovning 60 yillik yubileyi munosabati bilan uning ilmiy izlanışlari, pedagogik faoliyati va tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaşdagi xizmatlari e’tirof etildi.
Mazkur anjuman ortopedik stomatologiya va ortodontiyaning dolzarb muammolarini muhokama qiliş bilan birga, ilmiy merosni asraş, tajriba alm aşiş va ustoz-şogirdlik an’analarini davom ettiriş muhimligini yana bir bor namoyon etdi.
Zero, olimning eng bebaho merosi — uning ilmiy ishlari, amaliy natijalari va ilm yölini davom ettiradigan şogirdlaridir.#ToşkentDavlatTibbiyotUniversiteti#OrtopedikStomatologiya#Ortodontiya#IlmiyAnjuman#MurodSafarov#UstozVaŞogird#Tibbiyot
Rasmiy sahifalarimiz!