




Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-pediatriya fakultetida haftaning har juma kuni ötkaziladigan “Milliy qadriyatlar kuni” doirasida talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda fakultetning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar böyiça dekan örinbosari Ulasheva Yorqinoy Bahramovna, mas’ul tyutorlar hamda 2-son jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi ma’naviyat mas’uli Mirzayeva Dilfuza Davlatovna ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida milliy an’analarimiz va urf-odatlarimiz, özbekona muomala madaniyati, kiyinish odobi, milliy liboslarimiz — atlas va adrasning, shuningdek, do‘ppining milliy qadriyatlarimizdagi örni haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Shuningdek, yosh avlod tarbiyasida ona va buvijonlarning beqiyos örni, oilada milliy qadriyatlarni shakllantirish, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Milliy qadriyatlar — milliy özligimiz va ma’naviyatimiz poydevori!
Mazkur davra suhbati talabalarda milliy özlikni anglash, ajdodlar merosiga hurmat, milliy an’analarga sadoqat hamda ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#MilliyQadriyatlarKuni#MilliyQadriyatlar#Ma’naviyat #TalabaYoshlar
Rasmiy sahifalarimiz!