


21-oktabr — Özbek tili bayrami munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakultetining 1-kurs talabalari örtasida “Ona tilim — faxrim va ğururim” mavzusida diktant tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda ona tiliga bölgan hurmat va ehtiromni yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda özbek tiliga bölgan mehr-muhabbatni yanada mustahkamlashdan iborat.
Diktant davomida talabalar özbek tilining boyligi, betakror jozibasi va milliy özligimizni ifoda etishdagi beqiyos örni haqidagi bilimlarini mustahkamladilar. Shuningdek, savodxonlikni oshirish, imlo qoidalariga rioya etish va ona tilimizning sofligini saqlash muhimligi alohida ta’kidlandi.
Ona tilimiz — millatimiz ruhi, milliy özligimiz timsoli va faxrimiz! Uni asrash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning burchimizdir.
#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#ÖzbekTili#OnaTilim#FaxrimVaĞururim#21Oktabr#Savodxonlik#TalabaYoshlar
Rasmiy sahifalarimiz!