“POSBONIMIZ — ÖZBEKISTON!”

Vatan himoyasi — muqaddas burç, tinçlikni asraş esa yuksak mas’uliyatdir. Yurtga muhabbat, milliy ğurur va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğularini yanada mustahkamlaş yoş avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu ezgu maqsadlar yölida Toşkent davlat tibbiyot universiteti 2-son davolaş fakultetida “Posbonimiz — Özbekiston!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

Tadbirning faxriy mehmonlari — Özbekiston Qurolli Kuçlari faxriysi, zaxiradagi mayor, Özbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik kafedrasi öqituvchisi Maqsud Rahimberdiyevich Botirov hamda Özbekiston Qurolli Kuçlari faxriysi, zaxiradagi mayor, falsafa fanlari doktori Xalimjon Soyipovich Yunusov iştirok etdilar.

Tadbir davomida ona Vatanimizning betakror gözalligi, boy tarixi, milliy qadriyatlari, tinçlik va osoyiştalikning bebaho ne’mat ekani alohida e’tirof etildi. Vatan himoyaçilarining jasorati, fidoyiligi va mardligi yoş avlod uchun ibrat maktabi ekanligi ta’kidlandi.
Vatan haqidagi şe’rlar, kuy-qöshiqlar va samimiy çiqişlar tadbirga özgacha ruh bağişladi. Iştirokşilarning chiqishlari qalblarda yurtga muhabbat, milliy iftixor va sadoqat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Zero, Vatan — faqat tuğilib ösgan maskan emas, balki qalbimizdagi ğurur, şa’nimiz va kelajagimizdir. Uni seviş, ardoqlaş, himoya qiliş va ravnaqi yölida munosib hissa qo‘şiş har birimizning şarafli burçimizdir.
“Posbonimiz — Özbekiston!” tadbiri yoş avlod qalbida vatanparvarlik, fidoyilik va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment