UNIVERSITET TARIXI — MILLIY MEROS VA KASBIY IFTIXOR MANBAI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-kampus 1-pediatriya fakultetining 313-guruh talabalari universitet muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar universitetning tashkil topish tarixi, rivojlanish bosqichlari, tibbiy ta’limning shakllanishi hamda universitetning boy ilmiy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Muzeyda namoyish etilgan tarixiy eksponatlar, fotosuratlar va qimmatli ma’lumotlar orqali talabalar yurtimiz tibbiyoti taraqqiyotining muhim bosqichlari, yetuk olimlar hamda fidoyi shifokorlarning faoliyati haqida bilimlarini yanada boyitdilar.
Mazkur tashrif bo‘lajak shifokorlarda tanlagan kasbiga hurmat, ajdodlar merosiga ehtirom, milliy qadriyatlarga sadoqat va kasbiy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Shuningdek, talabalar universitet tarixini chuqurroq anglash, uning ilmiy an’analari va yutuqlarini qadrlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Ilm sari intilish — inson salomatligi yo‘lida xizmat qilishning ilk qadamidir!#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#UniversitetMuzeyi#TalabalarHayoti#Pediatriya#MilliyMeros#Ma’naviyat #Bo‘lajakShifokorlar

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment