
«25-oktabr — Özbеkiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni» munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymuradovning tabrigi.
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari!
Qadrli soha faxriylari!
Sizlarni 25-oktabr — Özbеkiston Respublikasi içki işlar organlari xodimlari kuni bilan Toşkent davlat tibbiyot universitetining köp ming sonli jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman!
Tinçlik — inson uçun eng uluğ neʼmatlardan biri. Uning qadrini farzandini xotirjam maktabga kuzatayotgan ota-ona, kelajagi sari dadil intilayotgan yoşlar, bemoriga şifo ulaşayotgan şifokor, el-yurt ravnaqi yölida mehnat qilayotgan har bir yurtdoşimiz yurakdan his etadi.
Ana şu bebaho osoyiştalikni asraş, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash sizlarning kundalik xizmatingiz, kasbiy burçingizdir.
Bu kasbning öziga xos uluğvorligi bor. Zero, içki işlar xodimi köpchilik dam olayotgan paytda ham xizmatda, bayram kunlari ham xalq osoyiştaligi yölida, murakkab vaziyatlarda esa masʼuliyatli qarorlar qabul qilişga tayyor turadi.
Sizlarning xizmatingiz ortida minglab oilalarning xotirjamligi, bolalarning beğubor kulgisi, keksalarning duosi va xalqimizning ertangi kunga işonçi mujassam.
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev içki işlar organlari faoliyatini xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, fuqarolarning işonçini oqlaydigan tizim sifatida rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Bugungu kunda huquqbuzarliklarning oldini oliş, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, qonun ustuvorligini taʼminlash va xalqning davlat idoralariga işonçini mustahkamlash — muhim vazifadir.
Binobarin, içki işlar xodimining haqiqiy kasbiy salohiyati faqat murakkab vaziyatlarda körsatgan jasorati bilan emas, balki odamlar bilan muloqot madaniyati, adolatli qarori, inson qadriga hurmati va xalq işonçiga munosib xizmati bilan ham namoyon böladi. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini unutmasligizm lozim.
Biz — tibbiyot sohasi vakillari bu masʼuliyatning naqadar yuksak ekanini yaqindan his qilamiz.
Şifokor inson hayotini asraydi. Içki işlar xodimi esa uning tinç, xavfsiz va osoyişta yaşaşi uchun xizmat qiladi.
Bu ikki kasbni birlashtirib turadigan ezgu maqsad — inson qadri va uning hayotiga bölgan masʼuliyatdir.
Shu maʼnoda içki işlar organlari bilan soğliqni saqlash va taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlik jamiyatda soğlom, xavfsiz va barqaror muhitni mustahkamlaşda muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, yoşlarni Vatanga muhabbat, qonunga hurmat, soğlom turmush tarzi va yuksak maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşda sizlarning örningiz, hayotiy tajribangiz va fidoyiligingiz beqiyosdir.
Biz universitetimizda bölajak şifokorlarni tarbiyalar ekanmiz, ularga bilim bilan birga vijdon, burç, vatan va insonparvarlik, masʼuliyat tuyğularini singdirişga intilamiz. Çunki qaysi kasb egasi bölmasin, inson xalq işonçiga munosib bölishni özining eng oliy mezoni deb bilmoği kerak.
Aziz içki işlar organlari xodimlari!
Şarafli kasbingiz, el-yurt tinçligi yölida körsatayotgan fidoyiligingiz, xalqimiz osoyiştaligiga qöshayotgan munosib hissangiz uchun sizlarga çuqur hurmat va minnatdorlik bildiramiz.
Alohida ehtiromimizni butun umrini şu masʼuliyatli sohaga bağişlagan faxriylarga, xizmat vazifasini bajarişda matonat va jasorat körsatayotgan xodimlarga hamda ularning yaqinlariga izhor etamiz.
Har biringizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinçlik va farovonlik, masʼuliyatli xizmatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Xalqimizning işonçi sizlarga doimo kuç, Vatanimizga sadoqat esa şarafli faoliyatingizda mustahkam tayanç bölsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqaimiz hamişa xalqimiz omon bölsin!
Kasb bayramingiz muborak bölsin!
Hurmat bilan,Şuxrat BOYMURADOVToşkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor
Rasmiy sahifalarimiz!