

Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufidagi akademik litseylar hamda universitetga biriktirilgan Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga rasman start berildi!
Olimpiada doirasida stol tennisi sport turi bo‘yicha qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi, diqqat-e’tibori va sport mahoratini namoyon etdilar.
QIZLAR O‘RTASIDA NATIJALAR:1-o‘rin — Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi o‘quvchisi Norkulova Marjona;
2-o‘rin — 1-son akademik litsey o‘quvchisi Muhammadieva Adolat;
3-o‘rin — Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi o‘quvchisi Abarboyeva Zuhra.
O‘G‘IL BOLALAR O‘RTASIDA NATIJALAR:1-o‘rin — 2-son Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi o‘quvchisi Rashidov Shahriyor;
2-o‘rin — 1-son akademik litsey o‘quvchisi Asrorov Saidazizxon;
3-o‘rin — Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi o‘quvchisi Anvarxo‘jayev Tohir.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz!
Bunday sport musobaqalari yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” — iste’dod, mahorat va g‘alabalar maydoni!
Rasmiy sahifalarimiz!