Toşkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida “Özbek tili – qalbim tarjimoni” mavzusida ma’rifat darsi bölib ötdi

Toşkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida talaba-yoşlarning ona tiliga hurmatini oşiriş, milliy özlikni anglaş va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyğularini mustahkamlaşga qaratilgan ma’rifat darsi taşkil etildi.

Ma’ruzaçi:Jomurodov Odiljon.
Darsning asosiy qismida “Özbek tili – qalbim tarjimoni” mavzusi keng yoritildi. Unda ona tilimizning millat hayotidagi beqiyos örni, xalqimiz tarixi, ma’naviy merosi va milliy özligini namoyon etişdagi ahamiyati haqida söz yuritildi. Şuningdek, özbek tilining boyligi, gözalligi, xalq oğzaki ijodi va adabiyotimiz taraqqiyotidagi örni alohida ta’kidlandi.

Ma’ruza davomida ona tilini asrab-avaylaş, uni töğri va ravon qöllaş, yoş avlod qalbida milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini şakllantiriş muhimligi qayd etildi.
Ma’rifat darsi interaktiv şaklda taşkil etildi. Turli qiziqarli öyinlar va topşiriqlar orqali talabalar faol iştirok etib, öz bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Uşbu maşğulotlar ularning mavzuga bölgan qiziqişini oşiriş va olgan bilimlarini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Mazkur ma’rifat darsi talaba-yoşlarda ona tiliga ehtirom, milliy qadriyatlarga sadoqat va Vatanga muhabbat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Özbek tili – qalbimiz tarjimoni, milliy özligimiz va bebaho ma’naviy boyligimiz!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment