








2026-yil 19-oktabr kuni reja asosida Toşkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti M. Axmedova hamda katta o‘qituvçisi Yu.Jabborova Yunusobod tumanidagi “Sevinç” mahallasi hududida joylaşgan 250-sonli umumta’lim maktabida taşkil etilgan “Uç avlod” uçraşuvida iştirok etdilar.
Tadbir doirasida dotsent M. Axmedova so‘zga çiqib, mahalla aholisi va maktab o‘quvçilariga vatanparvarlik, Vatanga sadoqat, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va odob-axloq tamoyillarining mazmun-mohiyati haqida fikr bildirdi.
Şuningdek, yoş avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, ularning qalbida yurtga muhabbat, milliy o‘zlikni anglaş, kattalarga hurmat va jamiyat oldidagi mas’uliyat tuyg‘ularini şakllantirişning muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratdi.
“Uç avlod” uçraşuvi kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlaş, katta avlodning hayotiy tajribasini yoşlarga yetkazish, şuningdek, ularni yuksak ma’naviyatli, odob-axloqli va vatanparvar insonlar etib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!