YONG‘IN XAVFSIZLIGI — HAR BIRIMIZNING MAS’ULIYATIMIZ

Yong‘in xavfsizligi — inson hayoti va mol-mulkini asrashning muhim shartidir.

Yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ehtiyotkorlik va hushyorlik har bir insonning kundalik mas’uliyatiga aylanishi lozim. Ayniqsa, talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida elektr jihozlari hamda gazdan foydalanishda xavfsizlik choralariga amal qilish, favqulodda vaziyatlarda tög‘ri harakatlanish qoidalarini bilish muhim ahamiyatga ega.

Profilaktik tadbir
2026-yil 21-oktabr kuni Toşkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakultetida Payshanba profilaktika kuni munosabati bilan yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirni fakultet dekan örinbosari K. D. Alimova ochib berib, talaba-yoshlar orasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va har bir insonning öz hayoti hamda atrofdagilar xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondashishi muhimligini ta’kidladi.
Tadbirda Yashnobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i örinbosari N. K. Hakimjonov, Yashnobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kichik inspektori, kichik serjant N. R. Ğofurjonov, universitet profilaktika inspektorlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Mutaxassislar tomonidan yong‘in kelib chiqishining asosiy sabablari, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, gaz bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda tög‘ri harakatlanish hamda zarur hollarda tezkor xizmatlarga murojaat qilish tartibi haqida tushuntirishlar berildi.
Şuningdek, talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, beparvolik va loqaydlikning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olib, favqulodda vaziyatlarda tög‘ri va tezkor harakat qilish böyiça zarur tavsiyalar bilan tanishdilar.
Hushyorlik — xavfsizlik garovi, ehtiyotkorlik — hayot himoyasi!#ToşkentDavlatTibbiyotUniversiteti#Yong‘inXavfsizligi #FavquloddaVaziyatlar#Profilaktika#XavfsizlikMadaniyati

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment