Prezidentimiz xususiy klinikalar soni 2017-yildagi 3,5 mingtadan 9 mingtadan ortiqqa yetganini qayd etdi. Ayrim yuqori texnologik xizmatlarda xususiy sektor oldinga o‘tdi: uning ulushi

Prezidentimiz xususiy klinikalar soni 2017-yildagi 3,5 mingtadan 9 mingtadan ortiqqa yetganini qayd etdi. Ayrim yuqori texnologik xizmatlarda xususiy sektor oldinga o‘tdi: uning ulushi stomatologiyada 90 foiz, diagnostikada 70 foiz, LOR xizmati, urologiya va oftalmologiyada 60 foizni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, hududlar o‘rtasida katta tafovut saqlanib qolmoqda. Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida xususiy klinikalarning 35-40 foizi statsionar o‘rinlarga ega.Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo, Jizzax va Navoiyda bu ko‘rsatkich 15 foizga ham yetmaydi. Tibbiy reabilitatsiya, nefrologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, psixiatriya, narkologiya va tug‘uruq komplekslari kabi talab yuqori yo‘nalishlarda xususiy sektor ishtiroki kutilgan darajada emas. Ushbu yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Hokimlar har yili xususiy klinikalar uchun yer uchastkalarini belgilab, e’lon qiladi. Yerlar faqat shu maqsadda auksionga chiqariladi va qulay shartlarda taklif etiladi.Facebook|Instagram|X

Leave a comment