Ayni damda Toshkent şahridagi Forumlar saroyida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi (Central Asian International Education Forum) boshlandi.

Nufuzli xalqaro forumda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadov, Özbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi örinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, şuningdek, Özbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari iştirok etmoqda.
Forum ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalari örtasida tajriba almashinuvini kengaytirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bölib xizmat qilmoqda.
Tadbir doirasida mintaqa oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qöşma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda ilg‘or xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.
Şuningdek, forum Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi integratsiyani çuqurlashtirish, oliy ta’lim tizimining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish hamda yangi hamkorlik yöna­lishlarini belgilash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Mazkur xalqaro forum mintaqada ta’lim taraqqiyotini jadallashtirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va oliy ta’lim muassasalari örtasidagi strategik şeriklikni yangi bosqiçga olib çiqishda muhim ahamiyatga ega.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

Leave a comment