

Yoş ijodkorning ilk kitobi — kitobxonlar uçun yangi quvonç!
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Axborot-resurs markazining badiiy adabiyotlar bölimi fondi yana bir yangi kitob bilan boyidi.
Quvonarlisi, bu galgi adabiy tuhfa — universitetimizning iste’dodli talabasi, Zulfiyaxonim izdoşlaridan biri, «Doktor Reporter» yoşlar media klubining faol ijodkori Durdona Buvanazarovaning «Köngil yöllari» nomli ilk şe’riy töplamidir.
Stomatologiya fakultetining 204-guruhida tahsil olayotgan Durdona özining ilk kitobi orqali şe’riyatga bölgan muhabbati, nozik tuygʻulari va qalb keçinmalarini kitobxonlar bilan baham körmoqda.
Töplamdan örin olgan «Bolaligim, seni soğinsam», «Otajonim, yaxşiyam Siz bor», «Bahor ham keldi» kabi şe’rlarida bolalik soğinçi, ota-onaga mehr, hayotga muhabbat va yoshlikka xos samimiy tuygʻular öz ifodasini topgan.
Bölajak şifokorning ilm bilan bir qatorda badiiy ijodga ham mehr qöyişi, öz iste’dodini rivojlantirib, ilk kitobini naşr ettirişi tahsinga sazovor.
Biz Durdonaning bu yutuğidan çin dildan quvonamiz. Uning ilk şe’riy töplami boşqa talaba-qizlarimizga ham ilhom bağişlaşiga işonamiz.
Aziz Durdona! Ilk kitobingiz muborak bölsin!
Ijodingiz bardavom, qalamingiz ötкир bölsin! Bugungi ilk töplamingiz ortidan yana köpлаб badiiy va ilmiy asarlaringiz dunyo yuzini körsin!
Barcha şe’riyat ixlosmandlarini Axborot-resurs markazimiz fondidan örin olgan «Köngil yöllari» töplami bilan tanişişga taklif etamiz!
Mohidilbonu Nazarova
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Axborot-resurs markazi yetakçi mutaxassis. Doktor reporter klubi koordinatori.
#ToşDavTU #ARM
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin