BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI: VOLEYBOL MAYDONIDA KESKIN VA MUROSASIZ BELLAŞUVLAR!

Toşkent davlat tibbiyot universitetining Şifokor sport majmuasida “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida universitet fakultetlari talabalari örtasida voleybol sport turi böyiça qizğin bellaşuvlar bölib ötdi.
Mazkur musobaqa talaba-yoşlarning sportga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlaş hamda soğlom turmuş tarzini keng tarğib qilişga xizmat qildi.

MUSOBAQADA JAMI 37 TA JAMOA IŞTIROK ETDI!Yigitlar örtasida — 18 ta jamoa!Qizlar örtasida — 19 ta jamoa!
Maydonda har bir oçko uchun keskin kuraş olib borildi. Jamoalar özlarining çaqqonligi, texnik mahorati, tezkorligi, aniq zarbalari va jamoaviy hamjihatligi bilan ajralib turdi. Har bir iştirokçi öz jamoasining ğalabasi uçun bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etdi.

Voleybol maydonidagi bunday bellaşuvlar nafaqat sport mahoratini oşiradi, balki talaba-yoşlarda iroda, matonat, intizom, özaro hurmat va birdamlik kabi fazilatlarni ham şakllantiradi.
Toşkent davlat tibbiyot universitetida sportni ommalaştiriş, iqtidorli talabalarni qöllab-quvvatlaş va yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etişga qaratilgan musobaqalar davom etmoqda.
Barça iştirokçilarga faol qatnaşganlari uçun minnatdorçilik bildiramiz hamda kelgusi sport musobaqalarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment