BOSHQALARNING YUTUĞINI YORITGAN REPORTYOR BUGUN ÖZI E’TIROFDA!

BOSHQALARNING YUTUĞINI YORITGAN REPORTYOR BUGUN ÖZI E’TIROFDA!
«DOKTOR REPORTER» SAFIDA YANA BIR QUVONÇLI YANGILIK!
Jurnalistika — faqat voqealarni yoritish emas. Bu insonlar orasidan ibratli taqdirlarni topiş, yaxşilikni körsatish, yoşlarning yutuqlarini jamiyatga tanitiş va öz sözi bilan boşqalarga ilhom bağişlaş mas’uliyatidir.
Ana şunday mas’uliyatni çuqur his etib, universitetimiz hayotidagi yangiliklar, ilmiy-ma’rifiy tadbirlar va tengdoşlarining yutuqlarini muntazam yoritib kelayotgan «Doktor Reporter» yoşlar media klubining faol muxbiri Rajabova Lola Sunnatilla qizi bugun özining navbatdagi yutuği bilan bizni quvontirdi.
Toşkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 3-bosqiç talabasi Lola Rajabova «Özbekiston lider yoşlari» ensiklopediyasida e’tirof etildi!
Ensiklopediyada uning surati, faoliyati va hayotiy qarashlarini ifodalovçi quyidagi fikri örin olgan:
«Men hamişa vaziyatlarga ikki tomonlama baho beraman. Adolatli qaror qabul qilişni özimdan boşlayman».
Bu fikr yoş reportyor uçun ayniqsa muhim. Çunki xolislik, adolat va mas’uliyat — jurnalist faoliyatining asosiy mezonlaridir.
Lola nafaqat ilmiy izlanışlari, ijodiy intilişlari va jamoat işlaridagi faolligi, balki tengdoşlari hayotidagi ibratli voqealarni keng jamoatçilikka yetkazishga intilişi bilan ham ajralib turadi.
«Doktor Reporter»ning maqsadi ham ana şunday yoşlarni tarbiyalaşdir: öz fikriga ega, voqealarga xolis baho bera oladigan, ilmga intiladigan va boşqalarning muvaffaqiyatidan quvona biladigan ijodkor şaxslarni!
Bugun biz Lola haqida yozmoqdamiz. Ertaga esa uning qalami orqali yana köpлаб iste’dodli yoşlar kаşf etilişiga işonamiz.
Aziz Lola! E’tirof muborak bölsin!
Qalamingiz ötкир, fikringiz teran, ilmiy va ijodiy izlanışlaringiz bardavom bölsin!
Sizning bugungi yutuğingiz «Doktor Reporter» safidagi barcha yoşlarga ilhom bersin!
Bizning reportyorlar nafaqat yangiliklarni yoritadilar — ular özlari ham yaxşi yangiliklar yaratadilar!
#DoktorReporter.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment