







Toşkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolaş fakulteti MedDominus klubi tarkibidagi “Mutolaa maskani” tögaragining navbatdagi kitobxonlik darslari kötarinki ruhda, mazmunli va qiziqarli tarzda taşkil etildi.
Uşbu maşğulot davomida özbek adabiyotining zabardast namoyandasi Abdulhamid Çölponning “Keça va kunduz” hamda jahon adabiyotining maşhur asarlaridan biri bölgan Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romanlari atrofliça muhokama qilindi. Iştirokçilar asarlarning mazmun-mohiyati, obrazlar xarakteri, ularda ilgari surilgan ğoyalar va falsafiy qaraşlar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Dars davomida dastlab Tibbiy pedagogika va davolaş fakulteti YoBIB dekan örinbosari A.K. Xudayberdiyev, fakultet tyutori F.M. Şamudinova, şuningdek, fakultet yetakçi koordinatori hamda “Mutolaa maskani” tögaragi koordinatori S.N. Talatova sözga çiqib, kitobxonlikning yoşlar ma’naviyatini yuksaltiriş, mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş va dunyoqaraşni kengaytirişdagi ahamiyati haqida öz fikrlarini bayon etdilar. Şuningdek, MedDominus klubi rahbari J.R. Abdiqodirov hamda fakultet tyutorlari N.B. Yöldoşev va D.T. Davranov iştirok etib,talabalarni muntazam mutolaa qilişga, asarlarni çuqur tahlil etişga va öz bilimlarini izçil boyitib borişga undadilar.
Asarlar yuzasidan tayyorlangan taqdimotlar
maşğulotning mazmunini yanada boyitdi. Jumladan:
302-DI guruh talabasi M. Berdiqulova;
313-DI guruh talabasi R. Pardaboyeva;
316-DI guruh talabasi X. Bekbolayeva tomonidan mazkur asarlar yuzasidan tayyorlangan taqdimotlar namoyiş etildi.
Maşğulot davomida asarlar mazmuniga oid qiziqarli savol-javoblar va fikrlar almaşinuvi taşkil etildi. Talabalar öz bilimlarini sinovdan ötkazib, asarlar yuzasidan mulohazalarini bildiriş hamda özaro fikr almaşiş imkoniyatiga ega böldilar. Faol iştirokçilar öz bilimlari, topqirligi va adabiyotga bölgan qiziqişlari bilan ajralib turdilar.
“Mutolaa maskani” — bu şunçaki kitob öqiş emas, balki fikrlaş, muşohada yuritiş, öz dunyoqaraşini kengaytiriş va ma’naviy kamolot sari intiliş maskanidir. Bunday uçraşuvlar talabalarning kitobga bölgan mehrini oşiriş, ularni teran fikrlaydigan va keng dunyoqaraşli şaxslar sifatida şakllantirişga xizmat qiladi.
@ToshDavTU_MedDominus
Rasmiy sahifalarimiz!