Toşkentda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boşlaniş arafasida

2026-yil 30–31-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligida sun’iy intellekt va fanlararo yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Anjumanning asosiy maqsadi — otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligi sohasida sun’iy intellekt imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish hamda ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Tadbirda Xitoy, Malayziya, Fransiya, Misr, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistondan 50 nafardan ortiq xorijiy mutaxassislar hamda O‘zbekistondan 700 nafardan ortiq yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati, Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston otorinolaringologiyasi va bosh-bo‘yin jarrohligi assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Radiologlar jamiyati hamda O‘zbekiston lab va tanglay yorig‘i jamiyati hamkor tashkilotlar sifatida ishtirok etmoqda.

Anjuman doirasida ilmiy ma’ruzalar, mahorat darslari, klinik muhokamalar hamda tibbiyot sohasidagi zamonaviy texnologiyalar va farmatsevtika mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment