Toşkent davlat tibbiyot universiteti xodimlari va talabalarining maʼnaviy dunyoqaraşini boyitiş, ularni milliy va madaniy merosimiz bilan yaqindan taniştiriş hamda talaba-yoshlarning böş vaqtlarini

mazmunli taşkil etiş maqsadida Toşkent davlat tibbiyot universiteti xodimlari va faol talabalari uchun qadimiy va navqiron Xiva şahriga maʼrifiy-madaniy sayohat taşkil etildi.
Safar davomida universitet jamoasi YUNESKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan Ichan-qalʼa davlat muzey-qöriqxonasi va Ardaxiva majmuasi ning meʼmoriy obidalari va osori-atiqalari bilan yaqindan tanişdilar.
Uşbu mazmunli va yuqori saviyada taşkil etilgan sayohat universitet jamoasi hamda talabalarida özgacha taassurot va ğurur tuyğularini uyğotdi.

Öz navbatida, sayohat iştirokçiilari yoşlar taʼlim-tarbiyasiga va jamoaning maʼnaviy hordiq çiqarişiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor uchun Toşkent davlat tibbiyot universiteti rektori Şuxrat Abdujalilovich Boymuradovga, universitet rahbariyatiga hamda uşbu safarni taşkil etişda faollik körsatgan barça masʼul xodimlarga özlarining samimiy minnatdorçiliklarini bildirişdi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment