








Bugun Koreya Respublikasining Korea University Guro Hospital şifoxonasi vakillari hamda Toşkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida tibbiyot va stomatologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tibbiy texnologiyalar va akademik bilimlar almashinuvini yölga qöyish, şuningdek, murakkab jarrohlik amaliyotlarini takomillaştirish masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv doirasida Toşkent davlat tibbiyot universiteti va Korea University Guro Hospital örtasida “Özbekistonda mahalliy qöllab-quvvatlash va muvofiqlaştirish asosida lab va tanglay yoriqlari bö lgan bemorlar u çun akademik va tibbiy bilimlar hamda texnologiyalar almashinuvi, takroriy jarrohlik amaliyotlari dasturi” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur loyiha lab va tanglay yoriqlari bilan tug‘ilgan bemorlarga ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatish, jumladan, takroriy jarrohlik amaliyotlarini bajarish, şuningdek, şifokorlar, stomatologlar va klinik ordinatorlarning kasbiy bilim hamda amaliy könikmalarini oshirishni nazarda tutadi.
Hamkorlik doirasida Koreya tomoni malakali tibbiy mutaxassislar jamoasini shakllantirish va Özbekistonga yuborish, ta’lim tadbirlarini tashkil etish, klinik öquv maşg‘ulotlari va mahorat darslarini ötkazishni rejalashtirgan. Özbekiston tomoni esa bemorlarni saralaş va tayyorla ş, mahalliy muvofiqlaştirish, zarur tibbiy infratuzilma hamda taşkiliy kömakni ta’minla şda iştirok etadi.
Uçraşuvda iştirok etgan professor Rim Jae Suk (Rim Jae Suk), DDS, MSD, PhD — Korea University Guro Hospital stomatologiya bölimi professori bölib, jağ-yuz jarrohligi va stomatologiya sohasidagi mutaxassislardan biridir. Uning ilmiy faoliyati dental implantologiya, suyak regeneratsiyasi, suyak plastikasi, tish töqimalari asosidagi biomateriallar va PRF texnologiyalarini qölla ş hamda suyak töqimalari muhandisligi yöna lishlarini qamrab oladi.
Uşbu hamkorlik ikki mamlakat tibbiyot muassasalari örtasida ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, tibbiyot mutaxassislarining malakasini oşirish va aholiga körsatilayotgan ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam sifatini yaxşila şga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok