Seminar o’tkazildi

2026-yil 2-noyabr kuni Gematologiya kafedrasi mudiri Kurbonova Z.Ç., professor Babadjanova Ş.A., dotsent Sayfutdinova Z.A., katta öqituvçilar Musayeva N.B., Qurbanova G.Ç., Nuritdinova N.F. hamda assistentlar Bekçanova N.I., Xoşboqova G.U. va Ibragimova M.I. tomonidan 7-talabalar turar joyida «Kiberxavfsizlik va şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş» mavzusida seminar ötkazildi.
Seminar davomida mavzuga oid hayotiy misollar keltirilib, şaxsiy maʼlumotlarning oşkor bölişi qanday oqibatlarga, jumladan, moliyaviy firibgarliklarga olib kelişi mumkinligi tuşuntirildi. Raqamli davrda har bir inson tölovlar, ijtimoiy tarmoqlar va tibbiy xizmatlardan foydalaniş jarayonida özidan raqamli iz qoldirişi, uşbu maʼlumotlarni himoya qiliş esa har bir insonning şaxsiy masʼuliyati ekanligi alohida taʼkidlandi.
Şuningdek, kundalik hayotda uçraşi mumkin bölgan asosiy kiberxavflar va ularning oldini oliş usullari muhokama qilindi. Xususan, login, parol va bank kartasi maʼlumotlarini qölga kiritiş maqsadida yuboriladigan soxta elektron xatlar, qalbaki veb-saytlar hamda messenjerlardagi firibgar xabarlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş böyiça quyidagi tavsiyalar berildi: fayllarni yuklab oliş va havolalarni oçişda ehtiyotkor böliş, şaxsiy maʼlumotlarni kiritişdan oldin veb-saytlarning işonçliligini tekşiriş, qurilmalarda antivirus dasturlaridan foydalaniş hamda dasturiy taʼminotni muntazam yangilab boriş zarurligi tuşuntirildi.
Seminar iştirokçilari bilan amaliy vaziyatlar ham tahlil qilindi. Jumladan, bank nomidan maʼlumotlarni yangilaşni sörab kelgan xatning haqiqiyligini qanday tekşiriş, hamkasb tomonidan messenjer orqali yuborilgan nomaʼlum havolani oçiş xavfsizmi va şaxsiy maʼlumotlar sizib çiqqanligi gumon qilinganda qanday çoralar köriş kerakligi yuzasidan fikr almaşildi.
Şu bilan birga, kafedra xodimlari 7-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan qizlarning yaşaş şaroitlari, ularni qiynayotgan muammolar va mavjud ehtiyojlari bilan ham qiziqib, ularning murojaat va takliflarini tingladilar.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment