Toşkent davlat tibbiyot universiteti professorlari IPVS 2026 xalqaro konferensiyasida iştirok etdilar

Toşkent davlat tibbiyot universiteti Akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi bilan kafedrasi mudiri B.B. Kurbanov, şuningdek, kafedra professorlari D.K. Najmutdinova, J.E. Paxomova va L.M. Abdullayeva Gretsiyaning Afina şahrida bölib ö‘tgan 38-xalqaro IPVS 2026 konferensiyasi işida faol iştirok etdilar.

Mazkur nufuzli xalqaro konferensiyada dunyoning turli mamlakatlaridan 3000 nafardan ortiq delegat jamlanib, akusherlik va ginekologiya sohasidagi dolzarb masalalar, zamonaviy ilmiy yutuqlar hamda ilg‘or tibbiy yondashuvlarni muhokama qildilar.

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari

Anjumanda bachadon bo‘yni kasalliklarini zamonaviy tashxislash va davolaş, bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash, inson papilloma virusi (HPV) bilan zararlanishning oldini olish hamda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Toşkent davlat tibbiyot universiteti professorlari konferensiya doirasida ilmiy ma’ruzalari bilan iştirok etib, o‘zlarining ilmiy izlanishlari va kasbiy tajribalarini xalqaro mutaxassislar bilan o‘rtoqlashdilar.
Xalqaro hamkorlik va akademik mobillik
Konferensiya davomida Xitoydan kelgan hamkasblar universitet professorlarining ilmiy faoliyatiga qiziqiş bildirdilar. Uchrashuvlarda reproduktiv tizim mikrobiomini zamonaviy usullarda tashxislash, uning holatini baholash hamda HPV infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotlar yakunida akademik mobillikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erişildi.
Bunday xalqaro ilmiy anjumanlarda iştirok etish Toşkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro aloqalarini mustahkamlaş, professor-öqituvçilar ilmiy salohiyatini yanada oşirish hamda zamonaviy tibbiy yutuqlarni ta’lim va klinik amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.#ToşkentDavlatTibbiyotUniversiteti#IPVS2026#XalqaroHamkorlik#AkusherlikVaGinekologiya#HPV#IlmiyHamkorlik

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment