Toşkent davlat tibbiyot universitetida “Soğlom hayot – yorqin kelajak garovi” mavzusida ma’rifiy uçraşuv ötkazildi

2026-yil 3-noyabr kuni Toşkent davlat tibbiyot universitetining Psixiatriya, narkologiya, bolalar psixiatriyasi va tibbiy psixologiya kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan 12-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan ma’rifiy suhbat taşkil etildi.

Uçraşuvda narkotik va psixotrop moddalarni iste’mol qilişning inson salomatligi va ruhiy holatiga salbiy ta’siri, giyohvandlikning ayançli oqibatlari hamda zararli odatlarning oldini oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarga öz salomatligiga mas’uliyat bilan yondaşiş va soğlom hayotiy tanlovlarni şakllantirişning ahamiyati tuşuntirildi.

Suhbat davomida soğlom turmuş tarziga rioya qiliş, stressli vaziyatlarni boşqariş, ruhiy salomatlikni asraş hamda böş vaqtni mazmunli taşkil etiş yuzasidan tavsiyalar berildi. Samimiy va oçiq muloqot ruhida ötgan uçraşuvda talabalar faol iştirok etib, özlarini qiziqtir.
Bunday ma’rifiy uçraşuvlar yoşlarning salomatlik borasidagi bilimlarini oşiriş, zararli odatlarga nisbatan ongli munosabatini şakllantiriş hamda soğlom turmuş tarziga intilişini qõllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment