«Zakovat — giyohvandlikka qarşimiz!»

Toşkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolaş fakultetida talaba-yoşlar örtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oşiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda yoşlarning intellektual salohiyatini namoyon etiş maqsadida «Zakovat» intellektual bellaşuvi bölib ötdi.

Mazkur intellektual musobaqada fakultetning 1-3-kurs talabalari iştirok etib, öz bilimlari, mantiqiy fikrlaş qobiliyati va tezkor tafakkurini sinovdan ötkazdi.

Tadbirni Tibbiy pedagogika va davolaş fakulteti Yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent A.K. Xudayberdiyev oçib berdi. U öz nutqida talaba-yoşlarning intellektual salohiyatini rivojlantiriş, zararli illatlarga qarşi murosasiz munosabatni şakllantiriş muhimligini ta’kidladi. Şuningdek, yaqinlaşib kelayotgan kasb bayrami munosabati bilan yiğilganlarni samimiy tabrikladi.
Bellaşuvning mas’ul taşkilotçisi, tyutor B.R. Zulfiqorov tadbirni oçiş jarayonida sözga çiqib, musobaqaning asosiy maqsad va vazifalari, uning yoşlar tarbiyasidagi ahamiyati xususida töxtalib ötdi. U öz nutqida giyohvandlik kabi zararli illatlarga qarşi kuraşişda yoşlarning bilimli, teran fikrlaydigan va ijtimoiy mas’uliyatli bölişi muhimligini ta’kidladi.

Şuningdek, «Beş taşabbus» loyihalari koordinatori J.R. Abdiqodirov Zakovat intellektual öyinining ahamiyati, bellaşuv mavzusining dolzarbligi hamda giyohvandlikning jamiyat va yoşlar kelajagiga salbiy ta’siri haqida qisqaça töxtalib, barça jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.
Musobaqaning xolisligi va şaffofligini ta’minlaş maqsadida hakamlar hay’ati faoliyati yölga qöyildi. Hakamlar hay’ati tarkibidan N.B. Yöldoşev, R.B. Aliqulov, F.M. Şamudinova va N.N. Sa’dullayeva örin oldilar. Tadbirda, şuningdek, dotsent A.N. Saydullayev ham iştirok etib, bellaşuv jarayonini kuzatdi.

Zakovat bellaşuvi davomida savollar ketma-ketligi, jamoalarning javoblari va natijalarni baholaş jarayonlari tartibli, şaffof hamda yuqori sur’atda taşkil etildi. Iştirokçilar özaro bilim va mantiqiy fikrlaş borasida munosib raqobat olib borib, bellaşuvga özgaça ruh bağişladilar.
Mazkur tadbir nafaqat talabalarning intellektual salohiyatini namoyon etiş, balki giyohvandlikka qarşi ongli munosabatni şakllantiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlaş yölida muhim taşabbus böldi.
ZAKOVAT — bilim, tafakkur va soğlom kelajak sari!#ZAKOVAT#GIYOHVANDLIKKAQARŞIMIZ#TSMU#SOGLOMAVLOD#BEŞTAŞABBUS

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment