
Toşkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi uchun yaqinlashib kelayotgan «Tibbiyot xodimlari kuni» hamda «Kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan qadimiy Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Samarqand şahriga uyuştirilgan uşbu safar davomida universitetimiz xodimlari va faol talabalari quyidagi tabarruk qadamjolarni ziyorat qildilar:
Imom al-Buxoriy majmuasi — Butun Islom olamining uluğ muhaddisi bobomiz mangu orom topgan, qalbga osudalik va ruhga sokinlik ulaşuvçi muqaddas ziyoratgoh;
Registon ansambli — Şarq meʼmorchiligining tengsiz durdonasi bölmish uç mahobatli madrasasidan iborat, asrlar sadosi va jahon madaniyati közgusi;
Birinçi Prezidentimiz Islom Abduğaniyeviç Karimov yodgorlik majmuasi – Tinç va osuda kunlarimiz, milliy özligimiz va mustaqil taraqqiyotimiz yölida ulkan hiss qöşgan davlat arbobi siymosiga minnatdorlik körsatuvçi maskan.
Shohi Zinda majmuasi — Örta asr koşinçilik sanʼatining möjizaviy çöqqisi bölgan, moviy gumbazlari va sirlangan naqşlari bilan asriy sirlarni sözlovchi tengsiz obida.
Uşbu sayohat nafaqat tarixiy obidalar bilan tanişiş, balki ajdodlar merosini çuqurroq anglaş, milliy qadriyatlarimizga hurmat va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlaş imkoniyati böldi.
Bunday unutilmas sayohatni taşkillaştirib berişgani uchun Toşkent davlat tibbiyot universiteti rektori Şuxrat Abdujaliloviç Boymuradovga, Kasaba uyushmasi qömitasi rasi Komiljon Siddiqov Sadirdinoviçga va barça taşkilotçilarga samimiy minnatdorlik bildiramiz!
Rasmiy sahifalarimiz!