
#Qonunçilik_yangiliklariIlmiy darajali xodimlarga qöşimça haq tölaşda (VM-1030) muhim özgarişlar!
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-son qarori bilan ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq belgilaş tartibiga muhim özgartirişlar kiritildi.
Endilikda olimlarning ilmiy natijalari nafaqat hujjatlar, balki yagona elektron bazada tasdiqlangan ma’lumotlar asosida ham baholanadi.Nimalar özgardi?Ilmiy natijalarni tasdiqlaş tartibi yangilandi.
Ilgari qöşimça haq belgilaşda xodim taqdim etgan tasdiqlovçi hujjatlarga tayanilgan.
Yangi tartibda esa il miy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlar yagona elektron bazaga kiritiladi, tekşiriladi va tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan ma’lumotlar asosiy manbaga aylanadi.
Elektron bazadagi ma’lumotlar qöşimça haq belgilaşda taşkilotning ilmiy komissiyasi va kollegial organi uçun asosiy axborot manbasi hisoblanadi.
Bazaga kiritilgan, ammo tasdiqlanmagan natijalar qöşimça haq hisoblaşda inobatga olinmaydi.Science ID orqali yangi rağbatlantiriş mezoni belgilandi.
Science ID orqali yuqori ilmiy faollik körsatgan har bir muallifga lavozim maoşining 10 foizigaça qöşimça haq belgilaş nazarda tutilmoqda.
Bu yerda gap barça xodimlarga avtomatik 10 foiz tölaş haqida emas, balki tegişli mezon asosida rağbatlantiriş haqida ketmoqda.
Endilikda ilmiy natijaga erişişning özi yetarli emas. Uning elektron bazada töğri aks etişi, tekşirilişi va tasdiqlanişi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram