ToshDTU olimlari ishtirokidagi loyiha dunyoning top-70 universitetida g‘olib bo‘ldi!

ToshDTU olimlari ishtirokidagi loyiha dunyoning top-70 universitetida g‘olib bo‘ldi!
Universitetimiz Stomatologik kasalliklar profilaktikasi kafedrasi professori Baxtinur Xudanov va Birmingham universiteti (Buyuk Britaniya) assistent-professori Vahid Ravaghi loyihaga birgalikda rahbarlik qildi. Loyiha Birmingham universitetining Ser Artur Tomson mukofotiga sazovor bo‘ldi. QS reytingida dunyoda 68-o‘rinda turuvchi bu universitetda mukofot 70 dan ortiq talabalar loyihasi orasidan berildi.
Loyiha haqida Loyiha doirasida kumush diamin ftorid haqida o‘zbek tilida bolalar uchun ta’limiy video yaratildi. Bu zamonaviy vosita sut tishlaridagi kariyesni charxlamasdan va og‘riqsiz to‘xtatadi. Videoda bolalarga tishlar nega buzilishi, dori tishga qanday surtilishi va nega tishning rangi o‘zgarishi tushuntiriladi.
Suratga olish ishlari Toshkentdagi 244-maktab va Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘tkazildi. Videoda 6–8 yoshli o‘zbek bolalari ishtirok etdi.
https://youtu.be/M5ECDXgK_pEXalqaro hamkorlik 2026-yil 22-iyundan 6-iyulgacha Birmingham universiteti stomatologiya fakultetining uch talabasi universitetimizda bo‘ldi: Sonia Ahmed, Saida Islam va Anjuma Uddin. Tashrif Buyuk Britaniya hukumatining Tyuring xalqaro almashinuv dasturi doirasida tashkil etildi. Loyiha ijrochilaridan biri universitetimiz klinik ordinatori Behruz Odilov bo‘ldi.
Sonia Ahmedning taqdimoti g‘olib deb topildi. Mukofotni Birmingham universiteti stomatologiya maktabi rahbari professor Upen Patel topshirdi.
https://youtu.be/PmtQqdXmNm8 Bu yutuq universitetimiz mutaxassislari dunyoning yetakchi universitetlari bilan teng huquqli hamkor sifatida ishlay olishini yana bir bor ko‘rsatdi. Tayyorlangan videoni kelgusida maktablarda o‘tkaziladigan og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi dasturlarida qo‘llash rejalashtirilmoqda.
Loyiha ishtirokchilarini chin qalbdan tabriklaymiz! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Matbuot xizmati#ToshDTU#TDTU#Stomatologiya#BolalarStomatologiyasi#UniversityOfBirmingham#XalqaroHamkorlik#Oʻzbekiston

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment