


Toşkent davlat tibbiyot universiteti hamda Koreya Katolik Universiteti örtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida universitetning Akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi xodimlari Janubiy Koreyaning Suvon şahridagi Sent-Vinsent klinikasida ikki haftalik stajirovkada iştirok etdilar.
Stajirovkada kafedraning dotsentlari Yuldaşeva D.S., Mirzayeva N.B., şuningdek, assistentlar Qodirova M.M., Abdulatipova F.A. va Sattorova N.X. qatnaşdilar.
Stajirovka davomida mutaxassislar:
tos sohasi jarrohligi;
laparoskopik jarrohlik texnikalari;
robotlashtirilgan jarrohlik;
sun’iy intellekt texnologiyalaridan tibbiyotda foydalanish
yö nalishlari böyiça amaliy bilim va kö nikmalarini boyitdilar.
Şuningdek, stajirovka dasturi doirasida kafedra xodimlari Cadaver Lab va Animal Lab mashğulotlarida iştirok etib, zamonaviy amaliy protseduralar böyiça tajriba orttirdilar.
Mazkur stajirovka qabul qiluvchi tomon tomonidan grant asosida tashkil etildi. Kurs yakunida iştirokçilarga diplom va sertifikatlar topshirildi.
Stajirovka yakunlari böyiça Toşkent davlat tibbiyot universiteti hamda Koreya Katolik Universitetining Akusherlik va ginekologiya kafedralari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy-amaliy aloqalarni rivojlantiriş va kelgusidagi ustuvor yö nalishlarni belgilash böyiça kelishuvlarga erişildi.
Xalqaro stajirovkalar universitet professor-öqituvçilarining kasbiy salohiyatini oşiriş, ilg‘or xorijiy tajribalarni ö rganish hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalarni amaliyotga joriy etişda muhim ahamiyat kasb etad i.
#ToşkentDavlatTibbiyotUniversiteti#XalqaroHamkorlik#JanubiyKoreya#Stajirovka#Akusherlik#Ginekologiya#TibbiyTa’lim #IlmiyHamkorlik
Rasmiy sahifalarimiz!