COP31 doirasida O‘zbekiston va Marokash ekologik ta’lim hamda yashil kompetensiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirning hamkor tashkilotchilari sifatida ishtirok etadi.

O‘zbekiston nomidan Zamin xalqaro jamoat fondi, Marokash tomonidan Muhammad VI nomidagi Atrof-muhitni muhofaza qilish jamg‘armasi va Marokash korxonalari bosh konfederatsiyasi (CGEM), shuningdek, Xalqaro ekologik ta’lim fondi (FEE) tomonidan taqdim etilgan qo‘shma ariza saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi (UNFCCC) Kotibiyati tomonidan tasdiqlangan COP31 rasmiy dasturiga kiritildi.
«Yashil maktablardan yashil kasblargacha: uzluksiz ta’lim, kompetensiyalar va yetakchilik» (From Green Schools to Green Careers: A Lifelong Learning Path to Skills and Leadership) nomli rasmiy tadbir xalqaro tashkilotlar, ta’lim muassasalari, xususiy sektor va yoshlar tashabbuslari vakillarini bir maydonda birlashtiradi. Tadbir doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimini rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalar va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida yoshlarning bandligini ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Tadbirda, shuningdek, UNESCO, Xalqaro ekologik ta’lim fondi (FEE), Hindiston Ekologik ta’lim markazi (CEE India), Turkiya ekologik ta’lim jamg‘armasi (TÜRÇEV), Yosh iqlim muzokarachilari akademiyasi va boshqa xalqaro hamkorlar vakillari ishtirok etadi.
~~~
В рамках COP31 Узбекистан и Марокко выступят соорганизаторами мероприятия по развитию экологического образования и зелёных компетенций.
Совместная заявка Узбекистана, представленного Международным общественным фондом Zamin, Фонда Мухаммеда VI по охране окружающей среды и Генеральной конфедерации предприятий Марокко (CGEM), а также Международного фонда экологического образования (FEE) прошла отбор и была включена в официальную программу COP31, утверждённую секретариатом РКИК ООН (UNFCCC).
Официальное мероприятие «От зелёных школ к зелёным профессиям: непрерывное образование, компетенции и лидерство» (From Green Schools to Green Careers: A Lifelong Learning Path to Skills and Leadership) объединит представителей международных организаций, образовательных учреждений, частного сектора и молодёжных инициатив для обсуждения непрерывной системы экологического образования, развития профессиональных компетенций, лидерских качеств и возможностей трудоустройства молодёжи в условиях перехода к зелёной экономике.
В мероприятии также примут участие представители ЮНЕСКО, Международного фонда экологического образования (FEE), Центра экологического образования Индии (CEE India), Турецкого фонда экологического образования (TÜRÇEV), Академии молодых переговорщиков по вопросам климата и других международных партнёров.

Leave a comment