TOŞKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA «RAHBAR VA YOŞLAR UÇRAŞUVI» BÖLIB ÖTDI

Bugun Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Adham Xudayqulov Toşkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif dastlabida mehmon universitetning faoliyati, ta’lim jarayoniga joriy etilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, universitetning Situatsion markazi, simulyatsion markazi hamda talabalar tomonidan ishlab chiqilayotgan startap loyihalari namoyish etildi. Ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim sifatini oshirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va tibbiyot sohasiga innovatsion yechimlarni joriy etish borasidagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng universitetda «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, tibbiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, talabalarning ilmiy salohiyati va innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish masalalariga e’tibor qaratildi.
Muloqot yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni muhokama qilish hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va sog‘liqni saqlash tizimida zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor hamda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

Leave a comment