Toşkent davlat tibbiyot universitetida sun’iy intellekt va tibbiy ta’limga bağişlangan xalqaro master-klass bölib ötadi

2026-yil 13-noyabr kuni Toşkent davlat tibbiyot universitetida “Bolalar salomatligini muhofaza qilişda pediatriya xizmatining ilmiy-amaliy jihatlari: innovatsiyalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Sun’iy intellekt va uning tibbiy ta’limda qöllanilişi: innovatsion yondaşuvlar va yangi imkoniyatlar” mavzusida xalqaro mahorat darsi taşkil etiladi.

Master-klassni AQŞning Rowan universiteti professorlari Amanda S. Almon va Nidhal K. Bouaynaya olib boradilar.

Tadbir davomida sun’iy intellekt texnologiyalaridan tibbiy ta’limda samarali foydalaniş, zamonaviy raqamli va immersiv öqitiş usullari, interaktiv ta’lim platformalari hamda pedagogik faoliyatga innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş masalalari muhokama qilinadi.
Iştirokçilar xorijiy mutaxassislarning ilğor tajribasi bilan tanişiş, sun’iy intellekt vositalarini ta’lim jarayonida qöllaşning amaliy jihatlarini örganiş va xalqaro ilmiy-pedagogik hamkorlik istiqbollarini muhokama qiliş imkoniyatiga ega böladilar.

Sana: 2026-yil 13-noyabr
Boşlaniş vaqti: 14:30
Manzil: Toşkent davlat tibbiyot universiteti, Boş öquv binosi, 4-qavat, majlislar zali.

Mazkur master-klass professor-öqituvçilarning kasbiy va raqamli kompetensiyalarini rivojlantiriş, xalqaro tajribani örganiş hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini tibbiy ta’lim jarayoniga tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Barça fakultet va kafedralarning professor-öqituvçilarini xalqaro master-klassda faol iştirok etişga taklif etamiz!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment