BOLALAR SALOMATLIGI:

#JarayonBOLALAR SALOMATLIGI:
Toşkent davlat tibbiyot universitetida V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman öz işini boşladi.
Bugun, 13-noyabr kuni Toşkent davlat tibbiyot universiteti litseyi zalida «Bolalar salomatligini muhofaza qilişda pediatriya xizmatining ilmiy va amaliy jihatlari: innovatsiyalar va istiqbollar» mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötmoqda.
Anjumanning tantanali oçilişida Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri örinbosarlari Otabek Imomov va Elmira Basitxanova, Toşkent davlat tibbiyot universiteti rektori Şuxrat Boymurodovning kiriş va tabrik sözlari dasturdan örin olgan.
Xalqaro anjuman Özbekiston, AQŞ, Rossiya, Turkiya va boşqa mamlakatlar olimlari, pediatriya sohasi mutaxassislarini bolalar salomatligini muhofaza qiliş, zamonaviy taşxis va davolaş usullari, klinik innovatsiyalar hamda ilmiу hamkorlik masalalari atrofida birlaştirmoqda.
Dasturdan pediatriya xizmatini rivojlantirişning 2026–2030-yillarga möljallangan ustuvor yönalişlari, tibbiy ta’limda sun’iy intellekt, virtual reallik va 3D texnologiyalaridan foydalanış, neonatal xirurgiya, immunologiya, molekulyar-genetik tadqiqotlar hamda bolalarda uçraydigan dolzarb kasalliklarni davolaşga bağişlangan ilmiy ma’ruzalar örin olgan.
Ayni paytda anjumanning ilmiy dasturi davom etmoqda.
Mazkur xalqaro ilmiy muloqot pediatriya sohasidagi ilğor tajribalarni almarişiş, yangi ilmiy yondaşuvlarni amaliyotga tatbiq etiş va bolalar salomatligini muhofaza qilişda xalqaro hamkorlikni kengaytirişga xizmat qiladi.
Anjumanning muhim ilmiy ma’ruzalari, xorijiy mutaxassislar fikrlari va muhokamalar tafsilotlarini keyingi xabarlarimizda ёritib boramiz.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment