BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI: TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI — ŞAHAR BOSQIÇI ĞOLIBI!

“Beş  taşabbus olimpiadasi”sport musobaqalarining Toşkent şahar hududiy bosqiçi doirasida voleybol sport turi böyiça yigitlar örtasida murosasiz va nihoyatda qizğin bellaşuvlar bölib ötdi.
Mazkur musobaqada Toshkent şahridagi 12 ta oliy ta’lim muassasasining voleybol böyiça yigitlar terma jamoalari iştirok etib, õzaro kuç sinaşdilar. Maydonda sportçilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati, tezkorligi, jamoaviy hamjihatligi va ğalabaga bölgan qat’iy intilişi yaqqol namoyon böldi.

Yarim final bahsida Toşkent davlat tibbiyot universitetining yigitlar terma jamoasi Yangi Özbekiston universiteti voleybol terma jamoasiga qarşi maydonga tuşdi. Keskin kuraşlar, kuçli zarbalar va çiroyli kombinatsiyalarga boy keçgan uçraşuvda universitetimiz yigitlari yuqori sport mahorati va mustahkam irodasini namoyon etib, raqib jamoa ustidan munosib ğalabaga erişdilar hamda final bosqiçiga yöl oldilar.
Hal qiluvçi final uchraşuvida universitetimizning mahoratli va irodali yigitlari Toşkent davlat transport universiteti voleybol terma jamoasiga qarşi bahs olib bordilar.
Uçraşuv davomida har ikki jamoa ham ğalaba uçun bor kuç va imkoniyatlarini işga soldi. Murosasiz kuraşlar, kuçli hujumlar, aniq uzatmalar va tomoşabinlarga kötarinki kayfiyat ulaşgan yorqin öyinlar bilan keçgan final bahsida Toşkent davlat tibbiyot universiteti yigitlari öz ustunliklarini namoyon etib, raqib jamoani mağlubiyatga uçratdilar!

Toşkent davlat tibbiyot universiteti — faxrli 1-örinni egalladi.
Şu tariqa universitetimizning yigitlar voleybol terma jamoasi Toşkent şahar bosqiçining mutlaq ğolibiga aylanib, “Beş taşabbus olimpiadasi”ning Respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi!
Ushbu yuksak natija sportçi yigitlarimizning tinimsizt mashğulotlari, fidokorona mehnati, kuçli irodasi, maydondagi birdamligi va murabbiylarimizning samarali mehnati mahsulidir.
Universitetimiz şarafini munosib himoya qilib, barça raqiblaridan ustun kelgan mard, jasur va ğalabaga intiluvçan yigitlarimizni uşbu tarixiy natija bilan çin qalbimizdan muborakbod etamiz!

​Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment