“BEŞ  TAŞABBUS OLIMPIADASI”: TOŞKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI FUTBOL TERMA JAMOASI — ŞAHAR BOSQIÇI MUTLAQ ĞOLIBI!

“BEŞ  TAŞABBUS OLIMPIADASI”: TOŞKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI FUTBOL TERMA JAMOASI — ŞAHAR BOSQIÇI MUTLAQ ĞOLIBI!“Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Toşkent şahar hududiy bosqiçi doirasida futbol sport turi böyiça 13 ta oliy ta’lim muassasasining futbol terma jamoalari örtasida qizğin va murosasiz bellaşuvlar bölib ötdi.
Musobaqada Toşkent şahridagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari jamoalari özaro kuç sinaşib, ğoliblik uçun bor mahorat va imkoniyatlarini namoyon etdilar.
Uşbu keskin bahslarda Toşkent davlat tibbiyot universiteti futbol terma jamoasi yuqori saviyadagi öyini, mustahkam himoyasi, hujumdagi keskinligi, jamoaviy birdamligi va ğalabaga bölgan yuksak iştiyoqi bilan alohida ajralib turdi.

Yarim final uçraşuvida universitetimiz futbolçilari Toşkent arxitektura-quriliş universiteti futbol terma jamoasiga qarşi maydonga tuşib, raqib darvozasiga 3 ta gol yölladi. 3:1 hisobidagi ishonçli ğalaba jamoamizga final bosqiçi yöllanmasini taqdim etdi.
Hal qiluvçi final bahsida Toşkent davlat yuridik universiteti futbol terma jamoasi bilan keçgan uçraşuvda futbolçilarimiz yana bir bor öz kuç va mahoratlarini namoyiş etdilar. Uçraşuv davomida raqib darvozasiga 5 ta gol kiritgan jamoamiz 5:1 hisobida yorqin ğalabani qölga kiritdi!

Şu tariqa, Toşkent davlat tibbiyot universiteti futbol terma jamoasi 13 ta oliy ta’lim muassasasi iştirok etgan musobaqada barça raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinçi örinni egalladi hamda Respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi!
Uşbu ulkan yutuq — futbolçi talabalarimizning tinimsiz mehnati, jamoaviy birdamligi, murabbiylarning fidoyiligi va universitetimizda sportni rivojlantirişga qaratilayotgan e’tiborning yorqin samarasidir.
Respublika bosqiçida ham universitetimiz şarafini munosib himoya qilib, çempionlik sari dadil qadam taşlaşingizga tilakdoshmiz!

​Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment