






Unda universitet rahbariyati hamda tegishli mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy va boshqa masalalar yuzasidan rektorga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tinglanib, ularni o‘rganish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Bunday uchrashuvlar talabalar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda mavjud masalalarga samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar murojaatlari bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ta’lim olishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok