



#DOKTOR_REPORTER_#XABAR_BERADI!XALQARO ILMIY MULOQOT — YOŞ ŞIFOKORLAR UÇUN KATTA TAJRIBA MAKTABI
Bugungi tibbiyot olamida yetuk mutaxassis böliş uçun öz sohasi böyiça puxta bilim egallaş bilan birga, jahon ilm-fani yutuqlaridan xabardor böliş, xorijiy tajribalarni örganiş va xalqaro ilmiy muloqotlarda faol iştirok etiş ham muhim ahamiyatga ega.
Toşkent şahridagi «ÖZEXPO» markazida ötkazilgan «Xalqaro ilmiy hamkorlik va tibbiyot sohasidagi zamonaviy yutuqlar: xorijiy professorlar tajribasi va ilmiy taqdimotlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada biz —
Toşkent davlat tibbiyot universiteti talabalari ham iştirok etdik.
Anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan taşrif buyurgan professor-öqituvçilar, olimlar va soha mutaxassislarining ilmiy ma’ruzalari hamda taqdimotlarini tingladik. Zamonaviy tadqiqotlar, tibbiyotdagi yangiliklar va xorijiy mutaxassislarning ilmiy tajribalari bilan yaqindan tanişdik.
Bunday anjumanlarda talabalik davridayoq iştirok etiş bizga nima beradi?
Avvalo, ilmiy dunyoqaraşimizni kengaytiradi, mustaqil izlanışga undaydi, kelajakdagi tadqiqotlarimiz uçun yangi ğoyalar beradi.
Xalqaro ilmiy anjumanlarda faqat tinglovçi sifatida emas, balki öz tadqiqotlari va ilmiy taqdimotlari bilan iştirok etadigan yoş olimlar safidan örin egallaş — bizning kelgusidagi maqsadimizdir.
«Doktor Reporter» a’zosi sifatida bunday ilmiy jarayonlarni kuzatiş va tengdoşlarimizga yetkazişni ham öz oldimga maqsad qilib qöyganman.
Zero, bugun jahon olimlaridan saboq olayotgan talaba ertaga xalqaro ilmiy minbarlarda öz sözi bilan maydonga çiqişi kerak!Sobirova Aziza Jaloliddin qizi, Toşkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolaş fakulteti 4-bosqiç talabasi, «Doktor Reporter» yoşlar media klubi muxbiri.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin