Mehr va e’tibor — inson qalbiga yöl!

Joriy yilning 11-noyabr kuni Toşkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan Toşkent imkoniyati çeklangan şaxslar uçun ixtisoslaştirilgan maxsus texnikumida tahsil olayotgan öquvçilar bilan ma’naviy-ma’rifiy uçraşuv taşkil etildi.
 

Uçraşuv davomida öquvçilar bilan mehr-oqibat, insoniylik, özaro hurmat, ezgulik va hayotga intiliş kabi mavzularda samimiy suhbat olib borildi. Öquvçilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan özaro fikr almaşildi.

 
Tadbir doirasida texnikum öquvçilari tomonidan tayyorlangan kiçik konsert dasturi namoyiş etilib, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulaşildi.
 
Uçraşuv yakunida Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan 150 nafar texnikum öquvçisiga mehr va e’tibor ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topşirildi.
 
Mazkur uçraşuv özaro mehr-oqibat, e’tibor va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlaş, yoşlar qalbida ezgulik va hayotga işonç tuyg‘ularini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi. Tadbir iliq va döstona muhitda, samimiy taassurotlarga boy tarzda ötdi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment