Qandli diabet profilaktikasi yo‘lida muhim tashabbus: aholi örtasida bepul tibbiy skrining aksiyasi ötkazildi

2026-yil 12-noyabr kuni Butunjahon qandli diabetga qarshi kuraş kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda «Korzinka» supermarketlar tarmogʻi hamkorligida aholining salomatligini mustahkamlash va qandli diabetning erta profilaktikasiga qaratilgan keng qamrovli tibbiy-profilaktik aksiya taşkil etildi.
Aksiyaning asosiy maqsadi aholi örtasida qandli diabet kasalligi, uning xavf omillari, oldini oliş çoralari va kasallikni erta aniqlashning ahamiyati haqida xabardorlikni oşirişdan iborat böldi.

Tadbir doirasida «Korzinka» supermarketlar tarmogʻining 10 ta filialida fuqarolar uçun bepul tibbiy köriklar taşkil etildi. Tibbiyot mutaxassislari tomonidan 1000 dan ziyod fuqarolarning qondagi glyukoza miqdori glyukometr yordamida ekspress usulda ölçandi, individual tibbiy masaҳatlar berildi hamda qandli diabetning oldini oliş, sogʻlom ovqatlaniş va jismoniy faollik böyiça tavsiyalar taqdim etildi.

Mazkur aksiyada universitet professor-o‘qituvchilari, şifokorlar, yoş mutaxassislar, magistrlar va klinik ordinatorlar faol iştirok etdilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment