Toşkent davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya hududi talabalari iştirokida «Mağrur hilpirayver, Vatan bayroği!» mavzusida ma’rifat darsi taşkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoşlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy ğurur va iftixor tuyğularini yanada mustahkamlaş, ularda Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğiga hurmat va ehtirom ruhini şakllantirişdan iborat böldi.

Ma’rifat darsida faxriy mehmon sifatida Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli şoir Bobur Bobomurod iştirok etdi. Şoir öz çiqişida Davlat bayroğining xalqimiz hayotidagi örni va ahamiyati, unda mujassam bölgan milliy qadriyatlar, tarixiy xotira hamda mustaqillik ğoyalariga alohida töxtaldi. Şuningdek, Vatan ramzlarini e’zozlaş, ularni asrab-avaylaş har bir fuqaroning muqaddas burçi ekanini ta’kidladi.

Uçraşuv davomida Bobur Bobomurod öz ijodidan namunalar öqib, şe’rlari orqali ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy ğurur va insoniy qadriyatlar kabi ezgu tuyğularni talaba-yoşlar bilan örtoqlaşdi.
Samimiy va mazmunli ruhda ötgan ma’rifat darsi talabalarda katta taassurot qoldirdi. Bunday uçraşuvlar yoş avlodning ma’naviy dunyoqaraşini boyitiş, milliy özlikni anglaş va Vatanga daxldorlik hissini kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mağrur hilpirayver, aziz Vatan bayroği! Sen — mustaqilligimiz, ğururimiz

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment