





Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi öquvçilari Toşkent davlat tibbiyot universitetiga taşrif buyurdilar…
Toşkent davlat tibbiyot universitetining Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam körsatiş bölimi tomonidan tibbiyot sohasiga qiziquvçi öquvçi-yoşlarning kasbiy bilim va tasavvurlarini kengaytiriş, ularni kelajakdagi kasbiga yönaltiriş maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy taşrif taşkil etildi.
Bugun universitetga Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining 25 nafar öquvçilari ustozlari boşçiligida taşrif buyurdilar.
Taşrif davomida öquvçilar universitetning zamonaviy Simulyatsion markazi hamda Toşkent davlat tibbiyot universiteti muzeyi va kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Ularga universitetning boy tarixi, şakllaniş va rivojlaniş bosqiçlari, şuningdek, tibbiyot ta’limi va ilm-fani yönalişida erişilgan muhim yutuqları haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muzey ekspozitsiyasidan örin olgan tarixiy hujjatlar, noyob eksponatlar hamda tibbiyot tarixiga oid qadimiy aşyolar öquvçilarda katta qiziqiş va taassurot uyğotdi. Mazkur taşrif yoşlarning nafaqat tibbiyot tarixiga bölgan qiziqişini oşirdi, balki ularda ilm-fanga intiliş, izlaniş va yangilikka bölgan iştiyoqni yanada mustahkamladi.
Şuningdek, kelajakda şifokor bölişni maqsad qilgan yoşlarga universitetda talabalar uçun yaratilgan keng imkoniyatlar, zamonaviy ta’lim şaroitlari, amaliy maşğulotlar hamda kasbiy könikmalarni şakllantiriş jarayonlari haqida atrofliça tuşunçalar berildi.
Rasmiy sahifalarimiz!