


#talabalar_hayoti#SOĞLOM_HAYOT_MADANIYATI — TALABALIK DAVRIDAN BOŞLANADI.
Toşkent davlat tibbiyot universitetining 8-son talabalar turar joyida “Inson salomatligi va profilaktik tibbiyot” mavzusida ma’rifiy uçraşuv ötkazildi.
Universitetning Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi professor-öqituvçilari taşabbusi bilan taşkil etilgan uçraşuvda salomatlikni asraş, kasalliklarning oldini oliş va soğlom turmuş tarzini kundalik hayotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.
Profilaktik tibbiyotning asosiy tamoyili — kasallikni davolaşdangina emas, avvalo, uning oldini olişdan iborat.
Şu bois muloqot davomida talabalarga yuqumli va yuqumli bölmagan kasalliklarning profilaktikasi, töğri ovqatlaniş, jismoniy faollik, şaxsiy va jamoat gigiyenasi, zararli odatlardan voz keçiş hamda profilaktik tibbiy köriklarning ahamiyati haqida ilmiy asoslangan tuşunçalar berildi.
Ayniqsa, talabalar turar joylarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiliş, xonalarni ozoda saqlaş va muntazam şamollatiş, içimlik suvi sifatiga e’tibor beriş hamda kun tartibini oqilona taşkil etiş masalalariga alohida urğu berildi.
Oçiq muloqot davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Şuningdek, universitetda ta’lim, ilmiy izlaniş va yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantiriş uçun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bölajak şifokor uçun soğlom turmuş tarzi — nafaqat şaxsiy tanlov, balki kelajakdagi kasbiy mas’uliyatning ham muhim qismidir. Zero, ertaga jamiyatda salomatlik madaniyatini tarğib etadigan mutaxassis bugunoq unga öz hayoti bilan namuna bölişi kerak.
Bunday uçraşuvlar talabalarning tibbiy savodxonligini oşiriş, profilaktik fikrlaşini rivojlantiriş va turar joylarda soğlom ma’naviy-gigiyenik muhitni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin