Toşkent davlat tibbiyot universiteti va al-ahliyya amman universiteti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Özbekiston–Iordaniya oliy ta’lim taşkilotlari rektorlarining birinçi forumi doirasida bugun Toşkent davlat tibbiyot universiteti va Iordaniyaning Al-Ahliyya Amman universiteti örtasida özaro hamkorlik memorandumini imzolaş marosimi bo‘lib o‘tdi.
Memorandum Toşkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Şuxrat Boymuradov hamda Al-Ahliyya Amman universiteti prezidenti, professor Ahmad Hamdan tomonidan imzolandi.

Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida özaro aloqalarni kengaytiriş hamda xalqaro tajriba almaşiş uchun muhim asos bölib xizmat qiladi.

Memorandum doirasida professor-öqituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, qöshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, talabalar almaşnuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro ilmiy anjumanlar, seminarlar va simpoziumlarni birgalikda tashkil etish kabi yönalishlarda hamkorlikni rivojlantiriş nazarda tutilgan.

Şuningdek, tomonlar akademik ma’lumotlar, ilmiy materiallar va nashrlar almaşinuvi, ilg‘or tajribalarni ommalaştiriş hamda qöşma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar.

Ushbu memorandum Toşkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tibbiy ta’lim va ilm-fan sohasidagi salohiyatini rivojlantiriş hamda Özbekiston va Iordaniya oliy ta’lim muassasalari örtasidagi döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaş yölidagi muhim qadamlardan biridir.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment